← TilUstoz

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 12-noyabr

TilUstoz — ingliz tilini o'zbek tilida tushuntiradigan AI ustoz bilan o'rganish uchun ilova. Ro'yxatdan o'tish hamma uchun ochiq. Bu sahifada qanday ma'lumot saqlanishi va nima uchun ishlatilishi yozilgan.

Qanday ma'lumot saqlanadi

Ma'lumot nima uchun ishlatiladi

Faqat ilovaning o'zi ishlashi uchun: sizni tanish, darslarni davom ettirish, natijalarni ko'rsatish va ustozni sizga moslashtirish. Reklama yo'q, ma'lumot sotilmaydi va boshqa maqsadda ishlatilmaydi.

Kimga uzatiladi

Ustoz javob berishi uchun yozgan matningiz va gapirgan ovoz yozuvingiz sun'iy intellekt xizmatiga — Google Gemini API'ga (ba'zan Anthropic Claude API'ga) yuboriladi va javob olingach serverda saqlanmaydi. Bu xizmatlar ma'lumotni o'z shartlari asosida qayta ishlaydi. Boshqa hech kimga uzatilmaydi.

Google ma'lumotlari

Google orqali kirishda faqat email, ism va akkaunt identifikatori olinadi — faqat sizni tanish uchun. Google xizmatlaringizdagi boshqa ma'lumotlarga kirish so'ralmaydi. Google API'lardan olingan ma'lumotlardan foydalanish Google API Services User Data Policy talablariga, jumladan Limited Use talablariga mos.

Xavfsizlik

Sayt faqat HTTPS orqali ishlaydi. Parollar xesh qilinadi, shaxsiy kalitlar shifrlanadi, sessiya cookie'si JavaScript'dan yashirin.

Ma'lumotni o'chirish

Akkauntingiz va unga tegishli barcha ma'lumotni o'chirish uchun quyidagi emailga yozing — 7 kun ichida o'chiriladi. Ustoz eslab qolgan faktlarni Sozlamalarda o'zingiz o'chirishingiz mumkin.